NUROTA TUMANI CHUYA QISHLOG'IDA “OʻZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI!” SHIORI OSTIDA YOSHLAR FESTIVALI O‘TKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni sanʼat, jismoniy tarbiya, va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Nurota tumani “Chuya” MFY da “Oʻzbekiston - yoshlar mamlakati!” shiori ostida madaniy konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tumandagi qolaversa viloyatdan tashrif buyurgan yoshlar, uyushmagan yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yoshlar oʻrtasida sportning “Kurash”, “Arqon tortish” va “Tosh koʻtarish” turi boʻyicha hudud birinchiligi oʻtkazildi.
Shuningdek, konsert dasturi doirasida kitob savdosi va yangi adabiyotlar taqdimotini tashkil etildi. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.