Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 17.12.2022 16:37

Nurota тumanidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan,va qishloqlarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2022 yil 15 noyabrdagi 01-15|321-sonli xatini o‘rganib chiqib, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan,

QAROR QILAMAN:

  1. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tumanidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, qishloqlarning  ko‘chalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Rustamov, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i R.Norboboyev, tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘I R.Ahmadqulov fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tuman xududidagi yo‘llarni saqlash, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini tashkil etib borsinlar.
  3. 3. Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (E.O‘ralov) mazkur qarorning tuman hokimligi “Nurota” gazetasining navbatdagi sonida rasman eʼlon qilinishini va bir kun muddatda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini tashkillashtirsin.
  4. 4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Rustamov, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va тuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalariga yuklatilsin.

2022 - yil 16 - dekabr 187-5-74-Q/22

Tuman hokimi A.Fayziyev

 

   

1-ilova

Nurota tumanidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, qishloqlarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur nizom Nurota tumanidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, qishloqlarning  ko‘chalaridan foydalanish tartibini belgilaydi.

  1. Umumiy qoidalar
  2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Aholi punktlari ko‘chalari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq;

Yo‘llardan foydalanuvchilar - yo‘l harakatining ishtirokchilari bo‘lgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yo‘l bo‘yi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;

ajratilgan mintaqa - ko‘chalar va yo‘llar, ularning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek yo‘llardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;

 yo‘l bo‘yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari - qishloq joylardan o‘tadigan va xo‘jaliklarni o‘zaro bog‘laydigan avtomobil yo‘llari. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari (agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa) tuman hokimligi ixtiyorida bo‘ladi.

  1. Tuman hududidagi yo‘llar xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari (bundan keyin “qishloq avtomobil yo‘llari” deb yuritiladi) va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari (bundan keyin “aholi punkti ko‘chalari” deb yuritiladi)ga bo‘linadi.
  2. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — qishloq joylardan o‘tadigan va xo‘jaliklarni o‘zaro bog‘laydigan avtomobil yo‘llaridir. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash, qurilish-ta’mirlashva boshqa yo‘ldan foydalanish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi va bu yo‘llar mazkur korxona ixtiyorida bo‘ladi.
  3. Xo‘jalik avtomobil yo‘llari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lishi mumkin. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yo‘llar, shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga o‘xshash avtomobil yo‘llari xo‘jalik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi.
  4. Тuman va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari, mahallalar va qishloqlar doirasida o‘tadi, mazkur ko‘chalarning O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno. Tuman va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki bo‘lib, tuman Obodonlashtirish korxonasi ixtiyorida bo‘ladi.
  5. Аholi punktlarining ko‘chalari, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, yo‘llardan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Shahar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari, shuningdek qishloq avtomobil yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun boshqa aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi.
  6. Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining ta’minlanganligi va to‘g‘ri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar bo‘lmasligi yo‘l tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) hamda tuman ichki ishlar bo‘limining davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati deb ataladi) tomonidan nazorat qilinadi.
  7. Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan mintaqalarning kelgusida rivojlantirish rejasini hamda mazkur joylarga quriladigan ob’yektlarning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini nazorat qilish tuman qurilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

 

  • Nurotatumani va boshqa aholi punktlarining ko‘chalaridan, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish

 

  1. Nurotatumani va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish mahalliy byudjet, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 
  2. Xo‘jalik avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

 

  1. Aholi punktlarining ko‘chalaridan va qishloq avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
  2. Qishloq avtomobil yo‘llari va aholi punktlari ko‘chalaridan hamda ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish:

Qishloq avtomobil yo‘llari va aholi punktlari ko‘chalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining "Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonuniga va yo‘l xarakati qoidalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.

  1. Qishloq avtomobil yo‘llari va aholi punktlari ko‘chalaridan yuridik
    va jismoniy shaxslar foydalanish huquqiga ega.
  2. Yo‘l mintaqasidagi yer osti va ustidan o‘tuvchi hamda boshqa inshoot va kommunikasiyalarni quruvchi yoki ta’mirlovchi tashkilotlar tegishli talablargaamal qilishlari shart. Aajratilgan mintaqadan unda ishlar bajarish uchun avtomobil yo‘li qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, faqat o‘sha yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin. Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof-muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis ob’yektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin.
  3. Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquqlari:

yo‘llardan mutassil, yil davomida, xavf-xatarsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish; aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari sharoitlari to‘g‘risidagi barcha axborotlarni olish;

 yo‘llardagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish.

15.Yo‘llardan foydalanuvchilarning majburiyatlari: harakat xavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mashina va transport vositalaridan foydalanish; yo‘lga ajratilgan mintaqani ifloslantirmaslik; 

yo‘l elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘ygan foydalanuvchilar, belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda shikastlangan elementlarni va ularni tiklash ishlari qiymatini qoplaydi;

avtomobil yo‘lida transport vositasi qatnovi, yo‘l xarakati qoidalariga asosan faqat yo‘lning qatnov qismida, xarakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tamonda xarakatlanishiga ruxsat etiladi;

yo‘l xarakati ishtirokchilari avtomobil yo‘llarida va yo‘l inshootlarida xarakat xavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlarni ko‘rishganida, bu xaqda yaqindagi yo‘l tashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari shart.

  1. Yo‘l bo‘yida amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida joylashgan bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish va boshqa ob’yektlar bo‘lsa, ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari uchun barcha qulayliklarga ega, kirish va chiqish yo‘llari bo‘lgan maydonlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash joylari bo‘lishini hamda yo‘l mintaqasini toza holda saqlashni belgilangan tartibda ta’minlashi shart.
  2. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari hamda ularning xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar ta’qiqlanadi:

avtomobil yo‘llari va ulardagi sun’iy inshootlarni saqlashga va harakat xavfsizligini ta’minlashga taalluqli bo‘lmagan boshqa bino va inshootlarni qurish;

yo‘llarga, yo‘l inshootlari, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlariga, harakatlanishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi texnik vositalarga hamda yo‘lga taalluqli boshqa narsalarga ziyon yetkazish;

harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan yo‘l qismlaridan transport vositasida maxsus ruxsatnomasiz o‘tish;

asfaltobeton va syementobeton qoplamali yo‘llarda zanjirli transport vositalarining maxsus himoyalovchi boshmoqlarsiz harakatlanishi, katta hajmli va og‘ir vaznli, havfli yuklarni tashishda o‘rnatilgan qonun qoidalarga asosan maxsus ruxsatnomasiz xarakatlanishi;

podalarni haydab o‘tish, (podalarni faqat belgilangan va tegishli yo‘l belgisi qo‘yilgan joydan haydab o‘tishga ruxsat etiladi) va ularni boqish;

qatnov qismi va yo‘l chetini, ko‘priklarni, quvurlarni, ariqchalarni, suv qochirish inshooti (drenaj) qurilmalarini ifloslantirish, yo‘llarga va ajratilgan mintaqaga to‘kilib-sochiladigan yuklarni belgilangan idishlarga joylashtirmasdan tashish;

yo‘nalishlarni ajratuvchi tasmaga barcha turdagi transport vositalarining chiqishi;

yo‘l va yo‘l inshootlarini har qanday elementlar bilan, aravalar, texnikalar, materiallar va boshqalar bilan to‘sib qo‘yish, arkalar, shlagbaumlar va boshqa inshootlar qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, har xil materiallarni taxlab qo‘yish, chiqindi va qorlarni uyib qo‘yish; 

transport vositalarini ta’mirlash va moylash, yonilg‘i-moylash materiallarini quyish, yuk ortish va yuk tushirish, yukni boshqa texnikaga ortish va mahkamlash, tozalash va yuvish (ilojsiz holatlarda ular yo‘ldan chiqib, ajratilgan tasma hududidabunday ishlarni amalga oshirishi mumkin, biroq haydovchi yoki transport vositasi egasi shu joyni darhol tozalab qo‘yishi shart);

ajratilgan mintaqada hamda ko‘priklardan, yo‘l o‘tkazgichlardan va estakadalardan 200 metrgacha bo‘lgan masofalarda lagerlar, palatkali shaharchalar barpo etish va olov yoqish; 

daryolar va anhorlarning ko‘priklari ostida qayiqlar stansiyasi, qayiqlar to‘xtash joyi va boshqa inshootlar qurish;

ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlar ostida va ustida yo‘l infrastrukturasiga bog‘liq bo‘lmagan bino va inshootlarni qurish;

daryolardagi ko‘priklardan o‘zan bo‘ylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 km. gacha bo‘lgan masofada qum va toshlar olish uchun karyerlar barpo etish;

yer sho‘rini yuvish, yo‘l chetidagi ariqchalardan sug‘orish uchun foydalanish, madaniy qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, yashil mintaqani sug‘orish kabi ishlarda avtomobil yo‘llarini suvga bostirish, ajratilgan mintaqani balchiqlantirish; 

suv qochiruvchi inshootlarga va zaxira yerlarga kanalizasiya, ishlatilgan meliorasiya va oqova suvlarni oqizish;

yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining avtomobil yo‘llarini kesib o‘tish joylarini elektr simi uzilib, yo‘l qismiga tushishiga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi himoya qurilmalarisiz qurish.

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llariga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar majburiyatlari: 

avtomobil yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnik jihatdan sozholatda saqlashlari;

ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari;

aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari;

 aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari o‘qidan ellik metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart.

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning yo‘lni balansda saqlovchi tashkilotlar bilan kelishmasdan quyidagilarni amalga oshirishi ta’qiqlanadi: katta hajmli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish;

yo‘llarni kanallar, aloqa va elektr energiyasi uzatuvchi tarmoqlar, neft va gaz o‘tkazuvchi quvurlar hamda temir yo‘llar bilan kesib o‘tish; 

yo‘llarga qo‘shiluvchi va shaxobcha yo‘llar qurish; 

ko‘priklar va suv o‘tkazuvchi quvurlar yaqinida meliorasiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirish; 

yo‘llarga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa meliorasiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash;

ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama, e’lonlar o‘rnatish va joylashtirish; 

yo‘llarning chetlarida, yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘ymalari qiyaliklarida joylashgan foydalanishdagi aloqa va elektr energiyasi uzatish, xamda neft va gaz o‘tkazuvchi quvurlar tarmoqlarini ta’mirlash;

ajratilgan mintaqada ruxsatsiz ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish; yo‘llarda sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;

yo‘llardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va quritish maqsadlarida foydalanish; yo‘llarda transport va piyodalar xarakatiga ta’sir o‘tkazuvchi barcha ishlarni olib borish.

  1. Yer osti va usti muxandislik kommunikasiyalar yo‘l mintaqasi yoqalab o‘tkazilishi yo‘llarni balansda saqlovchi vakolatli tashkilotning ruxsati bilan,amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoidalar talablari asosida amalgaoshiriladi. Birorta kommunikasiya tarmoqlarining to‘g‘ridan – to‘g‘ri yo‘l to‘shamasida joylashtirilishi taqiqlanadi.
  2. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari mintaqalaridaservis va infratuzilma ob’yektlarini joylashtirish yilni balansda saqlovchi tashkilotva tuman hokimligi ruxsati bilan, belgilangan tartibda tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishilib, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
  3. Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof-muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis ob’yektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda beriladi.

IV.Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari va o‘qiga tushadigan yuklamalari

 

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari va o‘qiga tushadigan yuklamalari umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga belgilangan me’yorlarga muvofiqbelgilanadi.

  2. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari transport xarakatini vaqtincha cheklash va to‘xtatish holatlari

 

  1. Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport harakatiquyidagi hollarda vaqtincha cheklanishi va to‘xtatilishi mumkin: aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari qayta qurish, mukammal ta’mirlash va ta’mirlashda;

 noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida yo‘llar va uning ayrim bo‘laklaridagi konstruktiv elementlarning ko‘tarish imkoniyati pasayganida va boshqa holatlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda.

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarida transport xarakati vaqtinchalik cheklansa yoki to‘xtatilsa, yo‘lni balansda saqlovchi va ta’mirlovchi tashkilot ushbu holat yuzasidan yo‘ldan foydalanuvchilarni ogohlantirishi shart.
  2. Yo‘llarda harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki to‘xtatish tegishli yo‘l tashkilotlari tomonidan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
  3. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish paytida esa yo‘llarda harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki to‘xtatish uchun tuman hokimining farmoyishi bo‘lishi lozim.
  4. Transport harakati vaqtinchalik cheklangan yoki to‘xtatilgan avtomobil yo‘llarida foydalanuvchilarni nazorat qilish davlat nazorat organlari tomonidan berilgan vakolatlar chegarasida amalga oshiriladi.
  5. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida joriy qilinadigan vaqtinchalik transport harakat cheklovlari:

yo‘llarning qurilmaviy elementlari o‘ta namlangan bahor mavsumida; yo‘llar qurilmaviy elementlarining o‘ta yuqori havo harorati ta’sirida yuk ko‘tarish imkoniyati susaygan yoz mavsumida;

  1. Bahor mavsumida harakatni vaqtinchalik cheklash amaldagi transport vositasi o‘qiga tushadigan yuklamani cheklovchi tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish orqali dalolatnoma asosida amalga oshiriladi. Bahor mavsumida quyidagi holatlarda harakatni vaqtinchalik cheklash joriy qilinmaydi;

barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarda yo‘lovchilar tashishda;

oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar, dori-darmonlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, urug‘lik fondi, o‘g‘itlar, pochta va pochta yuklarini tashishda;

tabiiy ofatlarni tugatish yoki oldini olish yohud favqulodda vaziyatlarda kerakli yuklarni tashishda; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tegishli transport vositalarining o‘tishida.

 

  1. Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlashda yo‘l tashkilotlarining huquq va majburiyatlari

 

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarini saqlashbva ta’mirlashda yo‘l tashkilotlarining xuquqlari:

Yo‘l tashkilotlari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlari bilan hamkorlikda noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida, tabiiy ofatlar, yong‘inlarda yo‘llarning yuk ko‘tarish imkoniyatining yo‘qolishi va boshqa shu kabi vaziyatlarda, shuningdek, tamirlash-qurilish ishlarini o‘tkazishda transport vositalari harakatini cheklash yoki ta’qiqlash hamda bu haqda joylardagi tuman hokimligini xabardor qilish, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarga ommaviy-axborot vositalari orqali bildirish va tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish huquqiga egadirlar.

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlashda yo‘l tashkilotlarining majburiyatlari:

tasarrufidagi yo‘llar va ko‘chalar hamda muhandislik inshootlarini soz holatda saqlash va yo‘ldan transport vositalarining muttasil hamda xavfsiz o‘tishlarini ta’minlash; 

tasarrufidagi yo‘llar va ko‘chalarda muhandislik inshootlarini me’yoriy talablar asosida saqlash va ular holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;

yo‘llarni va yo‘l inshootlarini qish mavsumida tezkorlik bilan qordan tozalash, muzlamalar oldini olish va yo‘lning ifloslanmaslik choralarini ko‘rish; 

yo‘lning nobop bo‘laklari talab darajasida jihozlanishini, kechasi va kunduzi yaxshi ko‘rinadigan to‘siqlar, yo‘l belgilari va tegishli ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan bo‘lishini, zarur hollarda esa aylanib o‘tish yo‘llarini tashkil etish;
  yo‘lning ayrim bo‘laklaridagi xavfli vaziyat va qiyin ob-havo haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha harakat qatnashchilarini o‘z vaqtida ogohlantirish; 

yo‘l sharoiti bilan bog‘liq yo‘l-transport xodisalarini doimiy o‘rganib borish, xodisa sabablarini tahlil qilish va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan uzviy hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 

halokat sodir bo‘lgan vaziyatlarda u haqda tegishli davlat organlarini xabardor qilish, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tez yordam xizmatini chaqirish;

yo‘l qatnov qismining qurilish materiallari bilan to‘silib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ishlamayotgan yo‘l mashina va mexanizmlarini o‘z vaqtida yo‘ldan chiqarib qo‘yish; avtobus bekatlarida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish maydonlari bo‘lishini ta’minlash, zarur hollarda avtopavilonlar qurish; 

haydovchilarning dam olishi uchun belgilangan joylarda transport vositalari turishi uchun tegishli shart-sharoitlari bo‘lgan maydonchalar tashkil etish; yo‘l belgilarini amaldagi davlat standartiga asosan o‘rnatish, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan uchastkalarni zarur to‘siqlar va qurilmalar bilan jihozlash;

amaldagi texnik me’yorlarga asosan avtomobil yo‘llari bilan bir sathda kesishgan temir yo‘l kesishmalarini saqlash.

  1. Yo‘l mintaqasi yoki unga tutash joylarda xar qanday ish olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bajarayotgan ishlarini yo‘l tashkiloti va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining tavsiya va ko‘rsatmalari asosida belgilangan muddatlarda tamomlashga va ish olib borayotgan yo‘l bo‘laklaridagi harakat xavfsizligiga to‘liq javobgardirlar. Ular ish boshlashdan oldin yo‘l tashkilotidan tegishli ruxsatnoma(order) olishi shart.
  2. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l tashkilotlari tegishli chora-tadbirlar ko‘rishi lozim.
  3. Ta’mirlash ishlari olib boriladigan yo‘l qismiga ta’mirlashni boshlashdanoldin vaqtinchalik yo‘l belgilari, signallar, konuslar, rangli bayroqchali bog‘ichlar,to‘suvchi va yo‘naltiruvchi moslamalar, ishora ustunchalari, ogohlantiruvchi qizil chiroqlar yordamida to‘sib muhofazalanadi va ta’mirlanayotgan joyni aylanib o‘tish yo‘llari tashkil etiladi.
  4. Harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari yo‘l ishlari olibborilayotgan joylarni to‘siqlar bilan o‘rash va mazkur joylarda harakatlanishnitashkil etish Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan sxemagamuvofiq amalga oshiriladi.
  5. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarda ishlar tugallangunga qadarxavfsiz harakatlanishni tashkil etish mas’uliyati mazkur ishlarni amalgaoshirayotgan tashkilot rahbarlari zimmasida bo‘ladi.

 

  • Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari
    mintaqalaridagi yerlardan foydalanish

 

  1. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joylashtirish uchun ajratilgan mintaqa yo‘llar va ko‘chalar yerlari deb belgilangan. Yo‘l va ko‘chalar, ular egallab turgan yer davlat mulki xisoblanadi.
  2. Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llari va ular egallab turgan mintaqa yerlariga yo‘l poyi egallab turgan yer, transport chorraxasi, yo‘l o‘tkazgich, sun’iy inshootlar, karyerlar, yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va yotoq binolari, mintaqadagi dekorativ daraxtlar, buta va boshqa daraxtlar, yo‘l infrastrukturasiga kiruvchi boshqa inshootlar yerlari kiradi.

VIII. Vakolatli organlar tomonidan yo‘llar va uning mintaqasini nazorat qilish tartibi

 

  1. Yo‘llardan foydalanishda sodir bo‘lgan va transport vositalari harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hamda harakat xavfsizligiga zid kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan kundalik nazorat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Yo‘llar va ko‘chalarni balansda saqlovchi tashkilotlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan yo‘llarini bir yilda ikki marta (bahor va kuzda) mavsumiy ko‘rikdan o‘tkazib, uning natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlarga yozma ko‘rsatmalar va tuman hokimligiga taqdimnomalar kiritiladi. Yozma ko‘rsatmalar va taqdimnomalar olgan tegishli tashkilotlar zudlik bilan, o‘z vakolati doirasida aniqlangan kamchiliklarni va noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

 

  • Aholi punktlari ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘llariga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilarning majburiyatlari

 

  1. Yo‘llarga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:yo‘llarga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan sozholatda saqlashlari; 

ajratilgan mintaqadagi dov daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari;

 yo‘llarga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari shart.

  1. Aholi punkti ko‘chalari va qishloq avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar yo‘l o‘qidan ellik metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart.