Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 30.09.2022 09:22

Nurota tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2022-yil sentabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

Bugungi kundaSoliqchi-komakchitamoyili asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini organib, ijobiy hal etishga alohida etibor qaratilmoqda.

Xususan, 2022-yilning 9 oyi davomida Nurota tumanidagi 718 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 112 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 218 ta subyektlarning 210 534 500 so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining yanada kengaytirilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, bugungi kunga qadar tumanda “E-ijara” avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti orqali 832 ta shartnomalar ro‘yxatga olingan.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda.

Masalan, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida 137 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning 9 oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 37 ta korxonaning faoliyati tiklandi. Natijada, 46 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, davlat budjetiga qo’shimcha 15 345 000 so‘m soliqlar tushishiga erishildi. E’tiborlisi, mazkur tadbirkorlik subyektlari ish boshlashi bilan ularga qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmlari bekor qilinib, qariyb 18 783 000 so‘mlik mablag‘ ular ixtiyorida qoldirildi.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 9 oyi yakuni bilan Nurota tumanida 3918 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Eng muhimi, ularning 1947 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.