Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 26.09.2022 15:08

Ertadan O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston hududi katta qismida kunduzgi havo harorati yuqori bo‘ladi va 30-35 daraja issiqni tashkil etadi. Faqat O‘zbekiston shimoliy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo harorati 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga havo massasi kirib kelishi respublika barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirigacha O‘zbekiston hududi nisbatan sovuq antitsiklon periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi. Ertadan boshlab respublika barcha hududlari bo‘yicha havo sovuqlashadi, kunduzgi harorat 22-27 daraja issiqqacha pasayadi. 29-30 sentabrda kechalari harorat pasayadi, kechasi va ertalab termometr ustuni 10-15 daraja iliqqacha tushadi.

26-27 sentabr kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janub eng chekkasida va Farg‘ona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

Respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga 27 sentabr kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.